30-03-2023, 16:23

Uzel xo’jaliklari va korxonalarida bahorgi chorak ko’rigini o’tkazish boshlandi

O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarini ekspluatatsiya qilish qoidalari yo’riqnomasining 8-bandi 132-qismiga asosan, “Buxoro mintaqaviy temir yo’l uzeli” UK tasarrufidagi stansiya va korxonalarda yozgi mavsumga tayyorligini tekshirish maqsadida uzel rahbariyati va xo’jaliklar bo’yicha tegishli mutaxassislar ishtirokidagi komissiya a’zolari 2023 yilning 13-mart kuni Uchquduq uzelidan bahorgi ko’rikni o’tkazishni boshlashdi va bugungi ko’rikni o’z nihoyasiga yetkazishdi.

    Komissiya a’zolari tomonidan uchastkadagi temir yo’l bekatlarida sohalar bo’yicha infratuzilma, qurilmalarning sozligi, ish jurnallarining yuritilishi, shuningdek, ishchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar o’rganildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to’g’risida tegishli ko’rsatmalar berildi.

    Manba:

    Telegram kanalimiz: https://t.me/bmtu_press

    Mavzuga oid

    Yangiliklar arxivi

    Eng yaxshi yosh mutaxassis-2023

    “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK kesimida o‘tkazilgan “Eng yaxshi yosh mutaxassis-2023” ko‘rik talovining vagon xo’jaligi bo’yicha g‘oliblari aniqlandi va keyingi bosqichga yo‘llanmani quyidagilar: 🥇1-o‘rinni

    Davimini o'qish »
    Yangiliklar arxivi

    Xavfsiz hudud

    Joriy yilning 1-fevral kuni Buxoro — Qiziltepo temir yo’l uchastkasi oralig’ida joylashgan qo’riqlash punktlari xodimlari va hudud fuqarolari bilan temir yo’lda poyezdlar harakat xavfsizlikni ta’minlash,

    Davimini o'qish »