30-03-2023, 06:10

Kasbiga sadoqatli insonlar

➡️ Bugungi #kasbiga_sadoqatli_insonlar rukni ostidagi sahifa mehmoni – “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ “Buxoro mintaqaviy temir yoʼl uzeli” unitar korxonasi tasarrufidagi Ziyovuddin temir yo‘l masofasi yo‘l brigadiri Norboboyev Nuriddin Norqulovich!

Temir yo’ldagi mehnat faoliyati davri: 33 yil

Mazkur vazifada 2019 yildan buyon ishlab kelmoqda

1990 yilda temir yo‘ldagi ilk mehnat faoliyatini “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik kompaniyasi Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli tasarrufidagi Ziyovuddin temir yo‘l masofasi yo‘l tuzatuvchisi vazifasida boshlagan Norboboyev Nuriddin aynan shu vazifada 29 yil ishladi. Korxona hududdidagi bir nechta tarmoqlarda yillar davomida orttirgan tajribasi uni tajribali  temiryo‘lchiga aylantirdi.  

2019 yildan hozirga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli unitar korxonasi tasarrufidagi Ziyovuddin temir yo‘l masofasi yo‘l brigadiri vazifasida ishlab, “Ustoz- shogird” an’anasiga sodiq qolgan holda korxonadagi mehnat faoliyati davomida o‘z sohasida orttirgan bilim, ko‘nikmalari va tajribalariga asosan bir qancha yosh temir yo‘l ta’mirlovchilariga temir yo‘l izini joriy ta’mirlash bo‘yicha sir-sinoatlarni o‘rgatib kelmoqda. Ular hozirgi kunda yo‘l tuzatuvchisi vazifasida faoliyatlarini olib borishmoqda. Nuriddin Norboboyev o‘z sohasining yetuk mutaxassisi. Poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, temir yo‘l izini doimiy soz holatda saqlash birinchi o‘rindagi vazifasi ekanligini o‘zining shiori deb biladi.  

– Yo’l brigadiri yo’l ta’mirlovchilarini, navbatchilarni, liniyalarni nazorat qiladi, yo’lni tekshirish uchun bevosita mas’uldir, yo’l ustki tuzilishidagi nosozliklarni aniqlaydi va brigada ishi uchun xavfsizlik choralarini ko’radi, – deya tushuntirdi Nuriddin Norboboyev o’z vazifasi haqida.  

Nuriddin aka ishdan tashqari o‘zi istiqomat qilayotgan mahallada ham faollardan hisoblanadi.

Umrining uzoq yillarini temir yo’lga bag’ishlagan, kasbini har narsadan ustun qo’ygan, bolalariga yaxshi tarbiya bera olgan 3 o‘g‘ilning otasi, o‘z kasbining fidoyisi va jonkuyar insoni hisoblangan bugungi sahifamiz mehmoni Nuriddin Norqulovichga kuch-quvvat, sog‘lik tilaymiz.

Ota kasbidan ruhlanib, faxrli temiryo’lchi bo’lishni ahd qilgan bir nafar farzandi temiryo’lchilar sulolasining uchinchi avlodi sifatida hozirda Narpay temir yo’l bekati bekat navbatchisi vazifasida ishlab kelmoqda.

Manba:

Telegram kanalimiz: https://t.me/bmtu_press

Mavzuga oid

Yangiliklar arxivi

Kasbiga sadoqatli insonlar

Bugungi #kasbiga_sadoqatli_insonlar rukni ostidagi sahifa mehmoni – “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ “Buxoro mintaqaviy temir yoʼl uzeli” unitar korxonasi xodimlar va ijtimoiy masalalar boʼlimi katta noziri

Davimini o'qish »
Yangiliklar arxivi

Eng yaxshi yosh mutaxassis-2023

“Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK kesimida o‘tkazilgan “Eng yaxshi yosh mutaxassis-2023” ko‘rik talovining vagon xo’jaligi bo’yicha g‘oliblari aniqlandi va keyingi bosqichga yo‘llanmani quyidagilar: 🥇1-o‘rinni

Davimini o'qish »